«si szinpin» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi
24 yanvar 2024, 19:50

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralarida Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni O‘zbekiston davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi. Tomonlar hududlar kengashini tuzishga kelishib oldi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto
24 yanvar 2024, 17:19

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘sha yerda Xitoy raisi Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari boshlandi. Foto.

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari
17 noyabr 2023, 11:46

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi
17 oktabr 2023, 18:15

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi

O‘zbekiston prezidenti XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkentda Sinxua va Pekin universitetlari filiallarini ochish taklifi bildirildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisini 70 yoshi bilan tabrikladi
15 iyun 2023, 15:44

O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisini 70 yoshi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga 70 yoshga kirgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Shuningdek, uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

“Dunyoga barqaror, farovon Markaziy Osiyo kerak” — Si Szinpin
19 may 2023, 19:58

“Dunyoga barqaror, farovon Markaziy Osiyo kerak” — Si Szinpin

Xitoy rahbari Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va energetikani rivojlantirishga chaqirdi hamda hamkorlikning sakkiz yo‘nalishini taklif qildi.

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Sianda investitsiya loyihalari va savdo hajmini oshirishni muhokama qildi
18 may 2023, 20:20

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari Sianda investitsiya loyihalari va savdo hajmini oshirishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurash tajribasini mamlakatda tatbiq etish, qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, quyosh panellar ishlab chiqarish, elektromobil zavodlarini ishga tushirishdagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qildi.

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy raisi etib saylandi
10 mart 2023, 09:39

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy raisi etib saylandi

Si Szinpin 5 yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi. U uchinchi muddatga prezident etib saylangan XXRning ilk rahbari bo‘ldi.

Si Szinpin XKP rahbarligiga qayta saylandi, Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi
23 oktabr 2022, 13:42

Si Szinpin XKP rahbarligiga qayta saylandi, Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga qayta saylangani bilan tabrikladi. «Siz, aziz birodarim bilan bundan keyin ham do‘stona va ochiq muloqotlarni davom ettirishga tayyorligimni bildiraman», — deyiladi tabrikda.

Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi
1 oktabr 2022, 21:42

Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan mamlakat rahbari Si Szinpinga tabrik yo‘llab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi
15 sentabr 2022, 12:23

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralar o‘tkazdi

Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.

XXR raisi Samarqandga keldi
14 sentabr 2022, 21:32

XXR raisi Samarqandga keldi

XXR raisi Si Szinpin O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Samarqand aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Szinpin, Raisiy hamda Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi
12 sentabr 2022, 15:01

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Szinpin, Raisiy hamda Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi

O‘zbekiston prezidenti shu hafta SHHT sammiti doirasida Samarqandda XXR raisi Si Szinpin, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ular o‘zaro hamkorlikdan tashqari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
6 sentabr 2022, 21:40

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 66 kishiga yetdi, 250 dan ortiq mahalliy aholi jarohatlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

Kambag‘allik va korrupsiyani qisqartirish borasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi
6 fevral 2022, 10:15

Kambag‘allik va korrupsiyani qisqartirish borasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi

O‘zbekiston prezidenti va XXR raisining Pekindagi uchrashuvida kambag‘allikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Tomonlar besh yillik Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturini ham imzoladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 fevral 2022, 22:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Putin va Si Szinpiny tashqi aloqalarga oid bayonotni imzolagani, NATO bosh kotibining lavozimini tark etishi, Sukerbergning dunyodagi eng badavlat kishilar TOP-10'ligidan chiqib ketgani, AQShda qor bo‘roni tufayli 230 ming kishining elektrsiz qolgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 noyabr 2021, 22:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston va XXR yetakchilari vaksinatsiya va iqtisodiy masalalarni muhokama qilishdi
29 aprel 2021, 15:40

O‘zbekiston va XXR yetakchilari vaksinatsiya va iqtisodiy masalalarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqot vaqtida aholini ommaviy emlash, iqtisodiy hamkorlik, qolaversa, Xitoy yetakchisining Toshkentga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi.

Prezident shu hafta qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazadi
26 aprel 2021, 13:42

Prezident shu hafta qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazadi

Prezident aprel oyining so‘nggi haftasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Uning matbuot kotibi ma’lum qilishicha, yana 3 ta taqdimot o‘tkazilishi hamda Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqoti ham reja qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting